<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<title>Najotkorim bor</title>
<lyrics>[V1]
 Nolishdan toʻxtatgan
 Beixtiyor U
 Shukurni oʻrgatgan
 Tilimga mangu
 Bagʻrimni ezmaydi
 Endi hech qaygʻu
 Iso Masih Ruhi
 Bugun menga yor
 Oʻlikdan tirilgan
 Najotkorim bor!

[V2]
 Orom bilmas edim
 Gʻamu-tashvishdan
 Notoʻgʻri qadamdan
 Notoʻgʻri ishdan
 Yaxshilik topyabman
 Xar bir yumushdan
 Iso Masih Ruhi
 Bugun Menga yor
 Oʻlikdan tirilgan
 Najotkorim bor!

[V3]
 Aldamang oʻzingiz
 Yolgʻon fosh boʻlar,
 Aldamchi yuraklar
 Asli tosh boʻlar.
 Tiz choʻksam Rabbimga
 Yuragim toʻlar
 Iso Masih Ruhi
 Bugun menga yor
 Oʻlikdan tirilgan
 Najotkorim bor!

[V4]
 Boshqarmoqda asta
 Xatoim aytib
 Fosh qilib, yigʻlasam
 Koʻz yoshim artib
 Eng toʻgʻri yoʻldir bu
 Ketmasman qaytib
 Iso Masih Ruhi
 Bugun menga yor
 Oʻlikdan tirilgan
 Najotkorim bor!

[V5]
 Bugun sano aytib
 Tolmaydi tilim,
 Iso Masih menga
 Bermoqda bilim.
 Xayotim inoyat
 Barakaga lim
 Iso Masih Ruhi
 Bugun menga yor
 Meni sevgan chindan
 Najotkorim bor!

[V6]
 Din koʻpdir dunyoda
 Diling yorishmas
 Yolgʻonga haqiqat
 Aslo qorishmas.
 Xar onim baxordir
 Qahraton qishmas
 Iso Masih Ruhi
 Bugun menga yor
 Oʻlikdan tirilgan
 Najotkorim bor!</lyrics>
</song>